«Oltin to‘p» taqdirlash marosimi 26-oktabrdan 27-oktabrga o‘tar kechasi Londonda bo‘lib o‘tadi.
70-marosim ilk bor Fransiyadan tashqarida, London Palladium teatrida tashkil etiladi. Tadbir Toshkent vaqti bilan soat 23:00 da boshlanadi. Marosim translyatsiyasini Okko Sport orqali tomosha qilish mumkin.
Erkaklar o‘rtasidagi «Oltin to‘p» uchun 30 futbolchi nomzod sifatida tanlab olingan:
Jud Bellinghem, Pau Kubarsi, Mark Kukurelya, Usmon Dembele, Luis Dias, Bruno Fernandes, Gabriel, Erling Holand, Ashraf Hakimiy, Sadio Mane, Lamin Yamal, Markinos, Xvicha Kvaratsxeliya, Harri Keyn, Lautaro Martines, Vitinya, Vinisius Junior, Dayo Upamekano, Ferran Torres, Uilyam Saliba, Fabian Ruis, Rodri, Deklan Rays, Maykl Olise, Joau Nevesh, Lionel Messi, Nunu Mendes, Kilian Mbappe.
G‘oliblar bugungi marosimda ma’lum bo‘ladi. Qayd etish lozim, London shahri bu tadbirga ilk bor mezbonlik qilmoqda.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi