2026 yilgi «Oltin to‘p» mukofoti uchun yakuniy nomzodlar ro‘yxati e’lon qilindi. France Football tomonidan taqdim etilgan asosiy nominatsiyada 30 nafar futbolchi bosh sovrin uchun kurash olib boradi.
Nomzodlar orasida amaldagi sovrin sohibi Usmon Dembele, shuningdek, Lionel Messi, Kilian Mbappe, Lamin Yamal, Erling Holand, Harri Keyn, Jud Bellinghem, Vinisius Junior va boshqa yulduzlar bor.
Ro‘yxatdan quyidagi futbolchilar joy egalladi.
Jud Bellinghem, Pau Kubarsi, Mark Kukurelya, Usmon Dembele, Luis Dias, Brunu Fernandesh, Gabriel, Erling Holand, Ashraf Hakimiy, Sadio Mane, Lamin Yamal, Markinos, Xvicha Kvaratsxeliya, Harri Keyn, Lautaro Martines, Vitinya, Vinisius Junior, Dayo Upamekano, Ferran Torres, Uilyam Saliba, Fabian Ruis, Rodri, Deklan Rays, Maykl Olise, Joau Nevesh, Lionel Messi, Nunu Mendesh, Kilian Mbappe.
2026 yilgi «Oltin to‘p» marosimi 26 oktyabr kuni Londonda bo‘lib o‘tadi. Bu sovrinning 70 marotaba topshirilishi bo‘ladi.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi