«Chelsi» va «Arsenal» sobiq yarim himoyachisi, Yevropa chempioni Jorjinio doping nazoratidan o‘tkazilgan birinchi sinovda musbat natija qayd etdi. 34 yoshli futbolchi yaqin kunlarda qayta tekshiruvdan o‘tadi. Bu haqda Pilhado xabar berdi.
Agar ikkinchi tahlil ham musbat natijani ko‘rsatsa, italiyalik futbolchi 6 oydan 2 yilgacha futboldan chetlatilishi mumkin. Hozircha Jorjinio bo‘yicha yakuniy qaror qabul qilinmagan, tekshiruvning qayta natijasi kutilmoqda.
Ma’lumot o‘rnida, yarim himoyachi 2025-yil yozidan buyon «Flamengo» safida harakat qilmoqda. Uning klub bilan tuzilgan amaldagi shartnomasi 2028-yil yoziga qadar mo‘ljallangan. Transfermarkt portali futbolchining transfer narxini 3,5 million yevroga baholamoqda.
Qayd etish lozim, futbolchi faoliyati davomida «Chelsi» va «Arsenal» kabi klublarda to‘p tepgan. Shuningdek, u Italiya milliy jamoasi bilan Yevropa chempioni bo‘lgan.