Live
8
O'zbek

OFK Infantinoning FIFA prezidenti lavozimiga qayta saylanishini qo‘llab-quvvatladi

Futbol
23 oktabr, 22:30
    17
Bungacha Afrika futbol konfederatsiyasi ham amaldagi FIFA rahbarini qo‘llashini bildirgandi.
OFK Infantinoning FIFA prezidenti lavozimiga qayta saylanishini qo‘llab-quvvatladi
Foto: Getty Images

OFK prezidenti Shayx Salmon bin Ibrohim al-Halifa 23 oktabr kuni Yaponiya poytaxti Tokio shahrida bo‘lib o‘tgan navbatdan tashqari yig‘ilishda tashkilot Janni Infantinoga FIFA prezidenti lavozimiga qayta saylanishida yordam berishini ma’lum qildi.

Uning aytishicha, tomonlar o‘rtasida avval kelishmovchiliklar bo‘lgan, ammo bu masalalarni Infantinoga yangi mandat olishda ko‘maklashishdan ajratish lozim. Al-Halifa so‘nggi kunlarda Syurixda o‘tkazilgan uchrashuvda o‘zaro tushunishga erishilganini ta’kidladi. Uning qo‘shimcha qilishicha, Osiyo futbol oilasi bir maqsad yo‘lida birgalikda harakat qilishga va Infantinoni qo‘llab-quvvatlashga tayyor.

Bungacha Afrika futbol konfederatsiyasi ham amaldagi FIFA rahbarini qo‘llashini bildirgandi. Qayd etish lozim, prezidentlik saylovi 2027-yil mart oyida Marokashda o‘tkaziladi. Nomzodlarni ro‘yxatdan o‘tkazish muddati 2026-yil 18-noyabrda tugaydi.

Avvalroq Infantinoning FIFA hisobotida ko‘rsatilmagan qo‘shimcha to‘lovlar olgan bo‘lishi mumkinligi ma’lum qilingandi.

Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

17 izoh +2 ta yangi
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar