Live
8
O'zbek

Ronaldinyo 15-noyabr kuni katta futbolga qaytadi

Futbol
23 oktabr, 23:50
    14
Buni uning hozirgi klubi bo‘lgan «Ravenna» jamoasi rasman ma’lum qildi.
Ronaldinyo 15-noyabr kuni katta futbolga qaytadi
Foto: Getty Images

Mashhur braziliyalik futbolchi Ronaldinyo 15-noyabr kuni yana maydonga qaytadi. Buni uning hozirgi klubi bo‘lgan Italiyaning «Ravenna» jamoasi rasman ma’lum qildi.

Klub xabariga ko‘ra, Ronaldinyo «Bruno Benelli» stadionida «Forli»ga qarshi derbida «Ravenna» libosida harakat qiladi. Chempionat doirasidagi uchrashuv soat 17:30 da boshlanadi.

«Qaytish haqiqatga aylandi: Ronaldinyoning sehri «Bruno Benelli» stadioniga yetib kelmoqda. Braziliya afsonasi «Forli»ga qarshi derbida «Ravenna» libosini kiyib, rasmiy chempionat o‘yinida maydonga tushadi. Bu o‘yin butun dunyo e’tiborini tortmoqda», — deya klub bayonotidan iqtibos keltiradi derbyderbyderby.it nashri.

Eslatib o‘tamiz, Ronaldinyo faoliyati davomida «Barselona», «Milan» va «PSJ» kabi Yevropaning yetakchi klublarida to‘p tepgan. Uning «Ravenna» safidagi o‘yinini muxlislar katta qiziqish bilan kutmoqda.

Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

14 izoh +4 ta yangi
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar