Live
11
O'zbek

Uli Hyones: «Keyn “Oltin to‘p”ni qo‘lga kiritishi kerak»

Futbol
24 oktabr, 01:05
«Bavariya»da Harrini “Oltin to‘p”ga loyiq deb hisoblashmoqda.
Uli Hyones: «Keyn “Oltin to‘p”ni qo‘lga kiritishi kerak»
Foto: Getty Images

«Bavariya» boshqaruvi a’zosi Uli Hyones Myunxen klubi hujumchisi Harri Keyn “Oltin to‘p”ga loyiq ekanini ta’kidladi.

«Harri “Oltin to‘p”ni qo‘lga kiritishi kerak. Bunday mavsum, ikkita sovrin, shuncha ko‘p gol va jahon chempionati yarim finaliga chiqishdan keyin u bu mukofotga to‘la munosib», — deya Hyonesning so‘zlarini keltiradi Welt nashri.

Qayd etish lozim, 2026 yilgi “Oltin to‘p” taqdirlash marosimi 26 oktabr kuni Londonda bo‘lib o‘tadi. Keyn mukofotning asosiy da’vogarlaridan biri hisoblanadi. Avvalroq u yakuniy 30 nafar nomzod ro‘yxatidan joy olgani ma’lum qilingandi.

Ma’lumot o‘rnida, o‘tgan yili “Oltin to‘p” sohibi “PSJ” va Fransiya milliy jamoasi vingyeri Usmon Dembele bo‘lgan edi. Ushbu sovringa eng ko‘p marta sazovor bo‘lgan futbolchi esa Lionel Messi hisoblanadi. Argentinalik hujumchi faoliyati davomida “Oltin to‘p”ni 8 marta qo‘lga kiritgan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Bavariya Bavariya
Bugungi yangiliklar