Live
1
O'zbek

«Bavariya» Kompanining sog‘lig‘idan xavotirda

Futbol
23 oktabr, 17:57
Bir necha kun avval ham mutaxassis bir kechani shifoxonada o‘tkazgan.
«Bavariya» Kompanining sog‘lig‘idan xavotirda
Фото: Getty Images

Myunxenning «Bavariya» klubi bosh murabbiyi Vensan Kompanining sog‘lig‘idan xavotirda. Bu haqda TZ nashri xabar berdi.

Avvalroq belgiyalik mutaxassis mashg‘ulot vaqtida hushidan ketganidan so‘ng shoshilinch ravishda shifoxonaga olib ketilgan.

Manbaga ko‘ra, bu Kompanining birinchi marta shifoxonaga yotqizilishi emas. Bir necha kun avval ham mutaxassis bir kechani shifoxonada o‘tkazgan va u yerda batafsil tibbiy tekshiruvdan o‘tgan. Biroq bu tekshiruvlar aniq natija bermagan.

«Bavariya»dagilar Kompani raqiblar o‘yinini tahlil qilish bilan kechgacha shug‘ullangani sababli juda kam uxlashini yaxshi bilishadi. Birinchi jamoa mashg‘ulotidan keyin hamda sog‘liq uchun og‘ir kechgan haftadan so‘ng u dam olish o‘rniga klubning ikkinchi jamoasi mashg‘ulotini kuzatishga yo‘l olgan. Aynan shu yerda murabbiy hushidan ketgan.

Myunxen klubidagilar Kompani ish sur’atini jiddiy ravishda pasaytirishi va kamida bir muddat o‘zini asrashi kerak, deb hisoblamoqda. Uning ishga faqat to‘liq sog‘ayganidan keyin qaytishi maqsadga muvofiqligi ta’kidlanmoqda.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Bavariya Bavariya
Bugungi yangiliklar