Live
1
O'zbek

Saka jarohati sababli 6–8 hafta maydonga tusha olmasligi mumkin — manba

Futbol
23 oktabr, 18:02
Bukayoning maydonga qaytish muddati qo‘shimcha tibbiy tekshiruvlardan keyin ma’lum bo‘ladi.
Saka jarohati sababli 6–8 hafta maydonga tusha olmasligi mumkin — manba
Фото: Getty Images

«Arsenal» hujumchisi Bukayo Saka Chempionlar ligasining 3-turida «Bavariya»ga qarshi o‘yinda (2:2) olgan jarohati sababli olti-sakkiz haftaga safdan chiqqan bo‘lishi mumkin. Bu haqda HandofArsenal nashri xabar berdi.

«Arsenal» bosh murabbiyi Mikel Arteta esa futbolchining holati bo‘yicha yakuniy xulosa chiqarishga hali erta ekanini ta’kidladi.

«Bugun tushdan keyin unga yana bir marta MRT tekshiruvi o‘tkaziladi, chunki jarohatlangan joyda suyuqlik ko‘p to‘plangan. Yakuniy xulosaga kelishimiz uchun yana bir nechta tekshiruv va mutaxassislarning fikri kerak. Shuning uchun aniq javob berishdan oldin biroz kutishimiz lozim.

Futbolchi maydonni tark etishga majbur bo‘lsa, og‘riqsiz yurishi qiyinlashsa va harakatlari cheklansa, bu, albatta, yaxshi belgilar emas. Takror aytaman, vaziyatga aniq baho berish va keyin sizlarga ma’lumot berish uchun biroz kutishimiz kerak», — deya Artetaning so‘zlaridan keltiradi klub rasmiy sayti.

Shu tariqa, Sakaning maydonga qaytish muddati qo‘shimcha tibbiy tekshiruvlardan keyin ma’lum bo‘ladi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Arsenal Arsenal
Bugungi yangiliklar