Bugun
45
O'zbek

«Arsenal» Baenani sotib olish fikridan qaytgani yo‘q

Futbol
22 oktabr, 15:30
Futbolchining «Atletiko» bilan amaldagi shartnomasi 2030 yil yozigacha mo‘ljallangan.
«Arsenal» Baenani sotib olish fikridan qaytgani yo‘q
Фото: Getty Images

«Arsenal» klubi «Atletiko» vingeri, jahon chempioni Aleks Baenaga bo‘lgan qiziqishini qayta tikladi. Bu haqda Football Transfers nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, «to‘pchilar» 25 yoshli ispaniyalik futbolchini qishki transfer oynasida o‘z safiga qo‘shib olish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Agar «matraschilar» futbolchini sotishga rozi bo‘lsa, «Arsenal» uni o‘z safiga qo‘shib olish uchun taklif tayyorlaydi.

Eslatib o‘tamiz, Madrid klubi 2025 yil yozida Aleksni «Vilyarreal»dan 42 million yevroga sotib olgandi.

Baena bu mavsumda barcha turnirlar doirasida 12 ta uchrashuvda maydonga tushib, 5 ta gol va 3 ta golli uzatma muallifi bo‘ldi. Futbolchining «Atletiko» bilan amaldagi shartnomasi 2030 yil yozigacha mo‘ljallangan. Transfermarkt portali ma’lumotlariga ko‘ra, uning bozor qiymati 45 million yevroga baholanmoqda.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Atletico Madrid Atletico Madrid
  • Arsenal Arsenal
Bugungi yangiliklar