«Chelsi» va «Tottenhem» klublarining sobiq bosh murabbiyi Antonio Konte «Manchester Yunayted»ni boshqarishga tayyor. Bu haqda The Times jurnalisti Pol Xirst ma’lum qildi.
Manbaga ko‘ra, italiyalik 57 yoshli mutaxassis «qizil iblislar» rahbariyatiga jamoani boshqarish istagi borligini ma’lum qilgan. Biroq klubdagilar Kontening yuqori maoshidan xavotirga tushgan. Murabbiy «Manchester Yunayted»ni boshqaradigan bo‘lsa, yiliga qariyb 12 million yevro atrofida maosh talab qilishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, Antonioning so‘nggi ish joyi «Napoli» bo‘lgan. Konte ushbu jamoani 2024-yildan 2026-yilgacha boshqargan.
Ma’lumot uchun, «MYu» Angliya Premyer-ligasining dastlabki yetti turidan so‘ng yetti ochko to‘plab, 13-o‘rinda bormoqda.
Avvalroq mankunianliklar amaldagi murabbiy Maykl Karrikni iste’foga chiqarishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgandi.