Live
18
O'zbek

Gyuler “Real” bilan shartnomasini uzaytirdi – Romano

Futbol
22 oktabr, 13:45
Arda 2023-yildan buyon “Real” sharafini himoya qilib kelmoqda.
Gyuler “Real” bilan shartnomasini uzaytirdi – Romano
Фото: Getty Images

Turkiyalik yarim himoyachi Arda Gyuler Madridning “Real” klubi bilan shartnomasini uzaytirdi. Bu haqda insayder Fabrizio Romano X ijtimoiy tarmog‘ida xabar berdi.

Yangi shartnoma besh yilga mo‘ljallangan. Tomonlar kelishuvga sentyabr oyida erishgan, barcha hujjatlar esa imzolanib, rasmiylashtirilgan.

Ma’lumot uchun, Arda 2023-yildan buyon “Real” sharafini himoya qilib kelmoqda. Futbolchi bu mavsumda barcha musobaqalar doirasida 11 ta uchrashuvda ishtirok etib, uchta gol va beshta golli uzatma muallifi bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, Ispaniya chempionatining to‘qqizta turidan keyin “Real” 21 ochko jamg‘argan holda turnir jadvalining uchinchi pog‘onasini egallab turibdi. 27 ochko to‘plagan “Barselona” esa musobaqa peshqadami hisoblanadi. Bu jamoalar 25-oktyabr kuni Kataloniyada o‘zaro bellashadi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Real Madrid Real Madrid
Bugungi yangiliklar