Bugun
45
O'zbek

«Dinamo» hakamlikdagi qarorlar bo‘yicha e’tiroz bildirdi

Futbol
22 oktabr, 08:15
Samarqand klubi «Buxoro»ga qarshi bahsda bir-biriga o‘xshash vaziyatlarga turlicha qaror chiqarilganini ta’kidlamoqda.
«Dinamo» hakamlikdagi qarorlar bo‘yicha e’tiroz bildirdi
Foto: Dinamo Samarqand
25.10.2026, 09:15 O‘zbekiston Superligasi Dinamo Samarqand Dinamo Samarqand - : - Andijon Andijon

«Dinamo» klubi matbuot xizmati «Buxoro»ga (1:2) qarshi o‘yindagi hakamlik qarorlari yuzasidan e’tiroz bildirdi. Samarqandliklar bir xil vaziyatlarda turlicha qarorlar qabul qilinganiga e’tibor qaratdi.

Klub bayonotida keltirilishicha, ikki tur avval «Nasaf»ga qarshi bahs boshida Firdavs Abdurahmonov raqib jarima maydonida yakkama-yakka vaziyatda zarba berayotganida unga nisbatan qo‘pollik ishlatilgan. Biroq bosh hakam ushbu holatni VAR monitorida ham ko‘rib chiqmagan.

«Dinamo» — «Buxoro» bahsining 18-daqiqasida esa Nurulla To‘xtasinovning harakati VAR orqali bir necha bor tekshirilib, futbolchining maydondan chetlatilishi bilan yakunlangan. Klub, shuningdek, bosh hakam Asker Najafaliyev Azizbek Amonov ishtirokidagi havodagi kurashni qo‘pollik deb baholab, o‘yinni to‘xtatganini ta’kidladi.

Samarqandliklar penalti belgilanishidan avval «Buxoro» hujumchisi Kacharavaning Mixail Shtefanga qarshi havodagi kurashda qo‘pollik ishlatganini, biroq hakamlar bu holatga e’tibor qaratmaganini bildirdi. Klub bosh murabbiyi Vadim Abramov zaxira hakamidan vaziyatni ko‘rib chiqishni so‘ragan, ammo uning murojaati natija bermagan.

Ma’lumot uchun, «Dinamo» matbuot xizmatining fikricha, ushbu vaziyatda na zaxira hakami, na bosh hakam, na VAR hakami munosabat bildirgan.

Eslatib o‘tamiz, bahs yakunida belgilangan penaltidan urilgan gol 10 kishi bo‘lib qolgan «Dinamo»ning mag‘lubiyatiga sabab bo‘lgan. Klub o‘z bayonotida hakamlik qarorlarini tanqid qildi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Dinamo Samarqand Dinamo Samarqand
  • Andijon Andijon
  • Buxoro Buxoro
  • O‘zbekiston Superligasi O‘zbekiston Superligasi
Bugungi yangiliklar