«Dinamo» jamoasi bugun Charchin qo‘rg‘onidagi futbol maktabi maydonida Birinchi liga vakili «Azur» jamoasi bilan nazorat bahsini o‘tkazdi.
Vadim Abramov va Andrey Pyatnitskiy murabbiyligidagi ko‘hna shahar jamoalarining bu safargi to‘qnashuvi ham o‘rtoqlik maqomida bo‘lsa-da, qiziqarli o‘tdi. Shu kuni murabbiylar shtabi «Dinamo» U21 jamoasi yoshlarini ham sinovdan o‘tkazishdi.
Aralash tarkibdagi bahsda «Azur» 3:0 hisobida oldinda edi, Anvarjon Hojimirzayev 2-bo‘limda zaxiradan maydonga tushgach, het-trik qayd etdi va yana bitta golga Artyom Radaev mualliflik qildi – 4:3. Shu tariqa, Hojimirzayev tug‘ilgan kunida jamoamizga nazorat bahsida g‘alaba keltirdi.
Nazorat o‘yini. 21-oktabr
«Dinamo» - «Azur» - 4:3 (0:3)
Gollar: Hojimirzayev 3 ta, Radaev.
«Dinamo» nazorat o‘yinida 1-liga jamoasidan ustun keldi
Futbol
21 oktabr, 10:44
Bellashuvda jami 7 ta gol urildi.
Фото: Динамо ПФК