Live
2
O'zbek

Arteta «Bavariya» haqida: «Aynan shunday raqiblarga qarshi o‘ynashni istaymiz»

Futbol
21 oktabr, 11:51
Londonliklar ustozi o‘zaro bahs oldidan nemis grandiga yuqori baho berdi.
Arteta «Bavariya» haqida: «Aynan shunday raqiblarga qarshi o‘ynashni istaymiz»
Foto: Gettyimages
21.10.2026, 15:00 Chempionlar ligasi Bavariya Bavariya - : - Arsenal Arsenal

Londonning «Arsenal» klubi bosh murabbiyi Mikel Arteta UYEFA Chempionlar Ligasi umumiy bosqich doirasidagi o‘zaro o‘yin oldidan Myunxenning «Bavariya» jamoasiga yuqori baho berdi.

«Shunchaki «Bavariya»ning tarkibiga, jamoaning murabbiylik nuqtayi nazaridan qanchalik a’lo darajada tayyorlanganligiga, uning mentalitetiga va har bir harakatidagi ishonchga qarashning o‘zi yetarli. Bundan tashqari futbolchilar individual mahorat evaziga ham vaziyatlar yaratishga qodir. Bu narsa ular urayotgan gollarda va yaratayotgan vaziyatlarda ham seziladi. Aynan shunday raqibga qarshi o‘ynashni istaymiz. Biz bu chaqiriqqa tayyormiz va g‘alaba uchun harakat qilamiz», - deya murabbiy so‘zlaridan iqtibos keltiradi UYEFA rasmiy sayti.

Eslatib o‘tamiz, «Bavariya» - «Arsenal» o‘yini bugun, 21 oktyabr kuni bo‘lib o‘tadi va Toshkentda 23:59da start oladi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Bavariya Bavariya
  • Arsenal Arsenal
  • Chempionlar ligasi Chempionlar ligasi
Yangi muhokama

Telegram’da birinchi bo‘lib fikr bildiring

Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar