Myunxenning «Bavariya» klubi futbolchisi Serj Gnabri UYEFA Chempionlar Ligasi umumuiy bosqich 3-turi doirasidagi Londonning «Arsenal» klubiga qarshi o‘yin borasida fikrlarini bildirib o‘tdi.
«Sobiq klubga qarshi o‘yinlar har doim o‘zgacha bo‘ladi. Men u yerda o‘sganman va bu uchrashuvni intiqlik bilan kutaman. Oxirgi marta Londonda o‘ynaganmiz. Ilgari sen birga to‘p tepgan odam murabbiylik qilayotgan jamoaga qarshi maydonga tushish biroz noodatiy. Nima bo‘lganda ham biz g‘alaba qozonishni istaymiz, mana shu eng muhimi», - deya Serj Gnabri so‘zlaridan iqtibos keltiradi UYEFA matbuot xizmati.
Eslatib o‘tamiz, «Bavariya» - «Arsenal» o‘yini bugun, 21 oktyabr kuni Myunxendagi «Alyans Arena» stadionida bo‘lib o‘tadi.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi