Live
2
O'zbek

Makallister: «Shartnomani uzaytirishim klubning qaroriga bog‘liq»

Futbol
21 oktabr, 10:08
Argentinalik futbolchining mersisaydliklar bilan amaldagi shartnomasi 2028-yil yozigacha mo‘ljallangan.
Makallister: «Shartnomani uzaytirishim klubning qaroriga bog‘liq»
Фото: Getty Images

«Liverpul» yarim himoyachisi Aleksis Makallister shartnomasi bilan bog‘liq vaziyat haqida fikr bildirdi.

«Bu haqda avval gapirganimda, ko‘proq his-tuyg‘ularimga tayangan edim. Bu ularning qarori va men bunga mutlaqo roziman. O‘yinlarda ham, mashg‘ulotlarda ham bor kuchim bilan harakat qilishda davom etaman», — deya Makallisterning so‘zlaridan keltiradi insayder Fabrizio Romano.

Eslatib o‘tamiz, argentinalik 27 yoshli futbolchining mersisaydliklar bilan amaldagi shartnomasi 2028-yil yozigacha mo‘ljallangan. Biroq klub Aleksis bilan kelishuv muddatini uzaytirmagani haqida xabarlar tarqalgandi.

Futbolchi atrofidagi vaziyatni esa «Real» va «Manchester Siti» jamoalari diqqat bilan kuzatib bormoqda.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Liverpul Liverpul
Bugungi yangiliklar