«Liverpul» «Monako» yarimhimoyachisi Lamin Kamarani sotib olishni rejalashtirmoqda. Teamtalk ma’lumotiga ko‘ra, Angliya klubi 22 yoshli senegallik futbolchini 2027-yilda o‘z safiga qo‘shib olish uchun asosiy nomzod sifatida ko‘rilmoqda.
Manbada ta’kidlanishicha, transfer yanvar oyidagi qishki transfer oynasidayoq amalga oshishi mumkin. Potensial kelishuv qiymati 70 million yevroga baholanmoqda.
Ma’lumot uchun, Kamara 2024-yilning yozidan buyon «Monako» safida to‘p surmoqda. Uning fransuz klubi bilan amaldagi shartnomasi 2029-yil iyun oyi oxirigacha mo‘ljallangan.