Live
1
O'zbek

Erik ten Hag «MYU» qaysi futbolchisini sotib yuborgani uning hafsalasini pir qilganini yodga oldi

Futbol
20 oktabr, 06:56
«Qizil iblislar»ning sobiq bosh murabbiyi yarimhimoyachi bilan bog‘liq vaziyatni yodga oldi.
Erik ten Hag «MYU» qaysi futbolchisini sotib yuborgani uning hafsalasini pir qilganini yodga oldi
Foto: Gettyimages

«Manchester Yunayted»ning sobiq bosh murabbiyi, hozirda «Tvente» klubi texnik direktori bo‘lib faoliyat olib borayotgan Erik ten Hag ingliz klubi rahbariyatining-2024-yil yozida yarimhimoyachi Skott Maktomineyni «Napoli»ga sotish qaroridan hafsalasi pir bo‘lganini tan oldi.

«Bundan hafsalam pir bo‘lgandi. Biz Ibitsada klub rahbariyati bilan hamma narsani gaplashib, kelishib oldik. Men o‘shanda: «Har qanday holatda ham Maktomineyni sotishga rozi bo‘lmaymiz», degan edim. Biz transfer oynasida birgalikda harakat qilmoqchi edik. Men dalil keltirdim: bizda samarador futbolchilar yetishmaydi. Skott gol urib, jamoadagi muhitni yaxshilamoqda. U «Yunayted» futbolchisi. Ular bu mavzuni ko‘targanlarida, men rad javobini berdim. Oxir-oqibat uni sotib yuborishdi. Albatta, bu meni hafsalamni pir qildi», - deya Ten Hagning so‘zlaridan iqtibos keltiradi The Athletic.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Manchester Yunayted Manchester Yunayted
Bugungi yangiliklar