«Barselona» Chempionlar ligasi umumiy bosqichining uchinchi turida safarda «PSJ»ga qarshi bahs olib boradi. Mundo Deportivo nashri kataloniyaliklarning ushbu bellashuv uchun taxminiy asosiy tarkibini e’lon qildi.
«Barselona»ning taxminiy tarkibi: Garsiya, Espart, Kubarsi, Martin, Kanselu, Pedri, Rodrigo, Yamal, Fermin Lopes, Gordon, Jezus.
E’tiborlisi, jamoa yetakchilaridan biri Rafinya taxminiy asosiy tarkibdan joy olmadi. Braziliyalik hujumchi bahsni zaxira o‘rindig‘ida boshlashi mumkin.
Ma’lumot uchun, «PSJ» va «Barselona» o‘rtasidagi bahs 20-oktyabr kuni Parijda bo‘lib o‘tadi.
Eslatib o‘tamiz, bellashuv Toshkent vaqti bilan 20-oktyabrdan 21-oktyabrga o‘tar kechasi soat 00:00 da boshlanadi.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi