Live
2
O'zbek

Simeone: «Shtutgart» — raqibga bo‘sh hudud qoldirmaslikka harakat qiladi»

Futbol
19 oktabr, 18:05
Madridliklar ustozi jamoasining bo‘lajak raqibi haqida fikr bildirdi.
Simeone: «Shtutgart» — raqibga bo‘sh hudud qoldirmaslikka harakat qiladi»
Фото: Getty Images
20.10.2026, 15:00 Chempionlar ligasi Shtutgart Shtutgart - : - Atletico Madrid Atletico Madrid

«Atletiko» bosh murabbiyi Diego Simeone Chempionlar ligasida «Shtutgart»ga qarshi bahs oldidan fikr bildirdi.

«Bizni jismoniy jihatdan kuchli jamoaga qarshi og‘ir uchrashuv kutmoqda. Ular raqib maydonida yuqori pressing qo‘llashni yaxshi bilishadi va deyarli har doim futbolchilarni individual tarzda nazorat qilishadi.

Ular zarurat tug‘ilganda chuqur himoyalanib, raqibga bo‘sh hudud qoldirmaslikka harakat qilishadi. Qisqasi, qarshimizda Chempionlar ligasini juda yaxshi boshlagan jamoa kutmoqda», — deya Simeonening so‘zlaridan keltiradi UEFA matbuot xizmati.

Eslatib o‘tamiz, «Shtutgart» Chempionlar ligasining dastlabki ikki turida 6 ochko jamg‘arib, turnir jadvalida to‘rtinchi o‘rinni egallab turibdi. «Atletiko» esa 3 ochko bilan 15-pog‘onadan joy olgan. Bu bahs 20-oktyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 23:59 da boshlanadi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Shtutgart Shtutgart
  • Atletico Madrid Atletico Madrid
  • Chempionlar ligasi Chempionlar ligasi
Bugungi yangiliklar