Bugun
38
O'zbek

Simeone: «Shtutgart» erkin hujum qilishimizga yo‘l qo‘ymadi

Futbol
21 oktabr, 05:25
Madridliklar ustozi jamoasining durangi haqida fikr bildirdi.
Simeone: «Shtutgart» erkin hujum qilishimizga yo‘l qo‘ymadi
Фото: Getty Images
20.10.2026 FT Chempionlar ligasi Shtutgart Shtutgart 1 : 1 Atletico Madrid Atletico Madrid

«Atletiko» bosh murabbiyi Diego Simeone Chempionlar ligasi 3-turidan o‘rin olgan «Shtutgart»ga qarshi bahsdan so‘ng o‘z fikrlarini bildirdi.

Eslatib o‘tamiz, «matraschilar» safida 64-daqiqada Morten Yulman maydondan chetlatildi.

«Hammasi biz taxmin qilganimizdek kechdi. Bizga maydonimizning o‘zida yuqori pressing qo‘llagan va tanaffusgacha erkin o‘ynashimizga yo‘l qo‘ymagan kuchli va juda noqulay jamoa raqiblik qildi. Urilgan goldan so‘ng biz yaxshiroq hujum qila boshladik va xavfli vaziyatlarni tez-tez yaratdik. Ikkinchi bo‘limda, chetlatishga qadar o‘yin nazorati bizda edi va hammasi rejamiz bo‘yicha ketayotgan edi», — deya Simeonening so‘zlaridan keltiradi UEFA rasmiy sayti.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Shtutgart Shtutgart
  • Atletico Madrid Atletico Madrid
  • Chempionlar ligasi Chempionlar ligasi
Bugungi yangiliklar