Live
1
O'zbek

Pedri: «PSJ»ga o‘tgandan keyin biz haqiqiy Dembeleni ko‘rdik»

Futbol
20 oktabr, 02:20
    10
Ispaniyalik futbolchi sobiq jamoadoshiga «Barsa»da nima yetishmaganini aytdi.
Pedri: «PSJ»ga o‘tgandan keyin biz haqiqiy Dembeleni ko‘rdik»
Foto: Getty Images
20.10.2026, 15:00 Chempionlar ligasi Paris Saint-Germain Paris Saint-Germain - : - Barselona Barselona

«Barselona» yarim himoyachisi Pedri Chempionlar ligasi doirasida «PSJ»ga qarshi bo‘lib o‘tadigan uchrashuv oldidan Usmon Dembelening o‘yini haqida fikr bildirdi.

«Usmon meni doim hayratda qoldirgan. U mashg‘ulotlarda oddiy futbolchi qila olmaydigan ishlarni bajarardi. Men unga har doim o‘ziga xos ekanini va ajoyib iqtidor sohibi bo‘lganini aytardim.

«PSJ»ga o‘tganidan keyin u o‘z salohiyatini to‘liq namoyon qildi va biz haqiqiy Dembeleni ko‘rdik. «Barselona»da ham u o‘z mahoratini ko‘rsatardi, ammo bu faqat ayrim o‘yin epizodlarida kuzatilardi. Unga barqarorlik yetishmasdi. O‘yinidagi izchillikni topgach, «Oltin to‘p»ni qo‘lga kirita oldi.

Men uchun u nafaqat jahon darajasidagi futbolchi, balki ajoyib do‘st hamdir. U bilan birga o‘ynash men uchun zavqli edi», — deya Pedrining so‘zlarini keltiradi Barca Universal nashri.

Qayd etish lozim, Usmon 2017–2023 yillarda «Barselona» sharafini himoya qilgan. Shundan so‘ng u «PSJ» safiga ko‘chib o‘tgan.

Eslatib o‘tamiz, parijliklar va kataloniyaliklar o‘rtasidagi bahs 20-oktyabrdan 21-oktyabrga o‘tar kechasi Toshkent vaqti bilan soat 00:00 da start oladi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Paris Saint-Germain Paris Saint-Germain
  • Barselona Barselona
  • Chempionlar ligasi Chempionlar ligasi
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

10 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar