«Barselona» himoyachilari Erik Garsiya va Jyul Kunde Ispaniya chempionatining 9-turidan o‘rin olgan «Betis»ga (5:2) qarshi bahsda jarohat olishdi. Shu sababli ular 20-oktyabr kuni Chempionlar ligasining umumiy bosqichi 3-turidan o‘rin olgan «PSJ» bilan o‘yinni o‘tkazib yuborishadi. Bu haqda klub matbuot xizmati X ijtimoiy tarmog‘ida xabar berdi.
Erik Garsiya son mushaklaridan jarohat olgan. Ma’lum qilinishicha, ispaniyalik futbolchining tiklanishi uchun bir oygacha vaqt kerak bo‘ladi. U noyabr oyidagi xalqaro tanaffusga qadar «Barselona» safida maydonga tusha olmaydi.
Jyul Kunde esa to‘piq bog‘lamlarini cho‘zib olgan. U «PSJ»ga qarshi o‘yinni o‘tkazib yuboradi. Shuningdek, 25-oktyabr kuni bo‘lib o‘tadigan Ispaniya chempionatining 10-turida «Real»ga qarshi bahsda ham ishtirok etmasligi mumkin.
Kundening klassikoda maydonga tushish-tushmasligi uning jarohatdan qay darajada tiklanishiga bog‘liq bo‘ladi.
«Barsa»ning ikki himoyachisi «PSJ» bilan o‘yinni o‘tkazib yuboradi
Futbol
18 oktabr, 12:40
Kataloniya klubi EChL g‘olibiga qarshi bahs oldidan tarkibdagi yo‘qotishlarni ma’lum qildi.
Foto: Getty Images
20.10.2026, 15:00
Chempionlar ligasi
Paris Saint-Germain
-
:
-
Barselona