«PSJ»ning chap qanot himoyachisi Nunu Mendes Chempionlar Ligasi umumiy bosqichining 3-tur doirasidagi «Barselona»ga qarshi bo‘lib o‘tadigan uchrashuvda maydonga tushmasligi mumkin. Bu haqda Le Parisien nashri xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, portugaliyalik futbolchi Fransiya chempionati doirasida «Strasburg»ga qarshi bahsda olgan jarohati sababli o‘yinni o‘tkazib yuborishi ehtimoli yuqori. Parijliklar bosh murabbiyi Luis Enrike Mendesning o‘rniga chap qanot himoyasida Luka Dinni maydonga tushirishi kutilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, shanba kuni «PSJ» safarda «Strasburg»ni 3:1 hisobida mag‘lub etdi. Parijliklar safida Ilya Zabarnyi, Usmon Dembele va Dezire Due gol urdi.
Ma’lumot o‘rnida, «PSJ» va «Barselona» o‘rtasidagi uchrashuv 20-oktabrdan 21-oktabrga o‘tar kechasi Toshkent vaqti bilan soat 00:00 da boshlanadi.