«Manchester Yunayted»ning sobiq himoyachisi Gari Nevill Angliya Premyer-ligasi doirasidagi «Lids»ga qarshi bahsda mankunianliklar g‘alaba qozonishiga ishonmoqda. Uning fikricha, Lisandro Martinesning so‘nggi bayonotlari jamoadoshlarini birlashtirgan bo‘lishi mumkin.
Seshanba kuni «Manchester Yunayted» Chempionlar ligasida «Atletiko»ga 0:2 hisobida imkoniyatni boy berdi. Natijada jamoaning barcha musobaqalardagi g‘alabasiz seriyasi beshta bahsga yetdi. O‘yindan keyin Martines klub rahbariyatini tanqid qildi, biroq keyinchalik uzr so‘radi va «Lids»ga qarshi bahsda asosiy tarkibdan joy oldi.
«Menimcha, «MYU» g‘alaba qozonadi. Balki bu shunchaki ko‘r-ko‘rona ishonchdir. Martinesning ushbu haftadagi harakatlaridan keyin jamoada jiddiy yig‘ilish bo‘lib o‘tgan deb o‘ylayman. Agar «MYU» «Atletiko»ga qarshi o‘ynagandek harakat qilsa, g‘alaba qozonish uchun yaxshi imkoniyatga ega bo‘ladi. O‘sha bahsda jamoa munosib o‘yin ko‘rsatdi, «Atletiko» esa «Lids»dan kuchliroq», — deya Nevillning so‘zlarini Standard nashri keltirdi.
Eslatib o‘tamiz, «Lids» va «Manchester Yunayted» o‘rtasidagi bahs 18-oktyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 18:00 da boshlanishi belgilangan.