Live
19
O'zbek

Kompanining «Arsenal»ga qarshi o‘yinga qadar virusdan tuzalib ketishiga umid qilinmoqda

Futbol
18 oktabr, 08:15
«Bavariya» bosh murabbiyi virusli infeksiyaga chalinganiga qaramay, «Leypsig»ga qarshi bahsda ishtirok etgandi.
Kompanining «Arsenal»ga qarshi o‘yinga qadar virusdan tuzalib ketishiga umid qilinmoqda
Foto: Getty Images

«Bavariya» sport direktori Maks Eberl bosh murabbiy Vensan Kompani Chempionlar Ligasi umumiy bosqichining 3-tur doirasidagi «Arsenal»ga qarshi uchrashuvda jamoani zaxira o‘rindig‘idan boshqara olishiga umid bildirdi.

«Chorshanba kuni bu borada muammo bo‘lmaydi, deb o‘ylayman», — deya Eberlning so‘zlarini keltiradi L’Équipe nashri. Eslatib o‘tamiz, belgiyalik mutaxassis virusli infeksiyaga chalinganiga qaramay, Bundesliganing 6-turidan o‘rin olgan «Leypsig»ga qarshi (6:1) uchrashuvda ishtirok etgandi. Bundan tashqari, Kompani son qismidan yengil jarohat olgan.

O‘yin davomida murabbiy o‘rnidan turmagan va uchrashuv voqealariga bosiqlik bilan munosabat bildirgan. Jamoani boshqarishda uning yordamchilari faolroq ishtirok etgan. Shuningdek, Kompani «Leypsig»ga qarshi bahsdan keyingi matbuot anjumanida qatnashmagandi.

Ma’lumot o‘rnida, myunxenliklar Bundesliganing 6-turidan keyin 14 ochko bilan turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Bavariya Bavariya
Bugungi yangiliklar