Live
19
O'zbek

Mareska: «Har qanday klub bir vaqtning o‘zida ikki asosiy futbolchisini yo‘qotsa, jiddiy qiyinchiliklarga duch keladi»

Futbol
18 oktabr, 09:05
«Man Siti» bosh murabbiyi jarohat olgan Holand va Semenyoning holati haqida fikr bildirdi.
Mareska: «Har qanday klub bir vaqtning o‘zida ikki asosiy futbolchisini yo‘qotsa, jiddiy qiyinchiliklarga duch keladi»
Foto: Getty Images
17.10.2026 FT Angliya Premer-ligasi Manchester Siti Manchester Siti 3 : 2 Ipsvich Ipsvich

«Manchester Siti» bosh murabbiyi Enso Mareska «Ipsvich»ga qarshi bahsda jarohat olgan Erling Holand va Antuan Semenyoning holati haqida gapirdi.

«Umid qilamanki, ularning ahvoli yaxshi bo‘ladi. Bu futbolchilar jamoamiz uchun juda muhim. Har qanday klub bir vaqtning o‘zida ikki asosiy futbolchisini yo‘qotsa, jiddiy qiyinchiliklarga duch keladi.

Endi vaziyatni baholab, nima sodir bo‘lganini tushunib olishimiz kerak. Yechim topishga umid qilamiz», — dedi Mareska.

Qayd etish lozim, Semenyo uchrashuvni oxirigacha davom ettira olmadi va yakuniy hushtak yangrashidan oldin maydonni tark etishga majbur bo‘ldi. Holand esa bahs yakuniga yaqin oyog‘iga zarba qabul qilib oldi.

Eslatib o‘tamiz, «shaharliklar» APLning 7-turi doirasida «Ipsvich»ni 3:2 hisobida mag‘lub etdi. Gollarning ikkitasini norvegiyalik hujumchi urdi.

Ma’lumot o‘rnida, ayni paytda «Manchester Siti» musobaqa jadvalida 21 ochko bilan peshqadam bo‘lib turibdi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Manchester Siti Manchester Siti
  • Ipsvich Ipsvich
  • Angliya Premer-ligasi Angliya Premer-ligasi
Bugungi yangiliklar