Live
17
O'zbek

«Barselona» «Manchester Siti» himoyachisiga qiziqish bildirmoqda

Futbol
18 oktabr, 07:00
Ekrem Konur kataloniyaliklar portugaliyalik Mateush Nuneshni transfer maqsadlari ro‘yxatiga kiritganini ma’lum qildi.
«Barselona» «Manchester Siti» himoyachisiga qiziqish bildirmoqda
Foto: Getty Images

«Barselona» «Manchester Siti»ning qanot himoyachisi Mateus Nuneshni o‘z safiga qo‘shib olish variantini ko‘rib chiqmoqda. Jurnalist Ekrem Konur ijtimoiy tarmoqlarda xabar berishicha, portugaliyalik futbolchi kataloniyaliklar qiziqish bildirayotgan futbolchilar qatoridan joy olgan.

Manbaga ko‘ra, Nuneshga nafaqat «Barselona», balki Angliya Premyer-ligasining bir nechta klubi ham qiziqish bildirmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 28 yoshli futbolchi 2023-yildan buyon «Manchester Siti» sharafini himoya qilmoqda. U ushbu mavsum Angliya chempionatida beshta bahsda maydonga tushgan. Himoyachining amaldagi shartnomasi 2028-yil iyun oyi oxirigacha mo‘ljallangan.

Ma’lumot uchun, Transfermarkt portali Nuneshning bozor qiymatini 45 million yevroga baholamoqda.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Manchester Siti Manchester Siti
  • Barselona Barselona
Bugungi yangiliklar