«Barselona» himoyachisi Xavi Espart faoliyatini APLda davom ettirishi mumkin. Bu haqda Caught Offside nashri xabar berdi.
«Arsenal» va «Tottenhem» vakillari hozirda ispaniyalik futbolchining o‘yinlarini kuzatmoqda. «Barselona» 19 yoshli himoyachini qo‘yib yuborish uchun 100 million yevro talab qilmoqda. Espart yaqinda kataloniyaliklar bilan shartnomasini 2030 yilning iyun oyi oxiriga qadar uzaytirgan.
Transfermarkt portali futbolchining transfer narxini 25 million yevroga baholamoqda. Klublar o‘rtasida rasmiy taklif yoki muzokaralar boshlanganiga oid ma’lumot berilmagan.
Avvalroq «Barselona» Espart bilan bergan shartnomani uzaytirgani ma’lum qilingandi. Qayd etish lozim, Espart 2015 yilda kataloniyaliklar akademiyasiga qo‘shilgan va 2026 yil mart oyida asosiy jamoa safida debyut qilgan.