Live
5
O'zbek

Desayi «Real»ga Vinisius bilan xayrlashishni tavsiya qildi

Futbol
18 oktabr, 05:20
    12
Fransiyalik sobiq himoyachining fikricha, Mbappe va Vinisiusdan iborat hujum chizig‘i o‘zini oqlamadi.
Desayi «Real»ga Vinisius bilan xayrlashishni tavsiya qildi
Foto: Getty Images

Fransiya milliy jamoasi sobiq himoyachisi Marsel Desayi «Real» braziliyalik vingер Vinisius Junior bilan xayrlashishi kerak deb hisoblaydi.

Desayining fikricha, Kilian Mbappe va Vinisiusdan iborat hujum chizig‘i kutilgan natijani bermayapti. Shu sababli murabbiylar shtabi boshqa variantlarni ko‘rib chiqishi lozim.

«Menimcha, «Real» Vinisiusni qo‘yib yuborishi kerak edi. Ular boshqa futbolchilarni izlashi lozim. Biz yana Kilian Mbappe va Vinisius juftligi masalasiga qaytamiz. Bu juftlik o‘zini oqlamadi.

Shuning uchun tahlilchi sifatida shaxsiy fikrimni aytsam, Vinisius uchun jamoani tark etish yaxshiroq bo‘lardi. Endi u o‘ziga nisbatan bildirilayotgan salbiy munosabat va tanqidlardan qutula oladimi-yo‘qmi, buni ko‘ramiz», — dedi Desayi beIN Sports'ga bergan intervyusida.

Ma’lumot o‘rnida, ushbu mavsumda Vinisius «Real» safida 10 ta uchrashuvda maydonga tushib, bitta gol urdi. U La Liganing o‘tgan turida «Vilyarreal»ga qarshi bahsda (1:0) maydondan chetlatildi va to‘rtta uchrashuvga diskvalifikatsiya qilindi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Real Madrid Real Madrid
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

12 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar