Live
15
O'zbek

Luis Enrike: «Barselona»da tarbiya topgan Dembele futbolni yaxshi tushunadi»

Futbol
18 oktabr, 05:30
«PSJ» bosh murabbiyi Usmon Dembelening o‘ziga xos ustunligini aytdi.
Luis Enrike: «Barselona»da tarbiya topgan Dembele futbolni yaxshi tushunadi»
Foto: Getty Images

«PSJ» bosh murabbiyi Luis Enrike Usmon Dembele «Barselona»da olgan futbol ta’limi uning o‘yin falsafasiga mos kelishini aytdi.

«Usmon Dembele «Barselona»da eng yaxshi futbol maktabida tahsil olgan. U allaqachon hamma narsani biladi! «Barselona»dan kelgan futbolchi men futbolda nimani yoqtirishimni tushunadi va mening talablarimga juda yaxshi moslashadi», — dedi Enrike. Uning so‘zlarini jurnalist Fabritsio Romano keltirdi.

Ma’lumot uchun, Dembele «Barselona» safida 2017–2023-yillarda to‘p tepgan, keyinchalik esa «PSJ»ga o‘tgan.

Eslatib o‘tamiz, Luis Enrike ham faoliyatining turli davrlarida «Barselona»ni boshqargan va kataloniyaliklar bilan muhim sovrinlarni qo‘lga kiritgan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Paris Saint-Germain Paris Saint-Germain
Bugungi yangiliklar