Live
17
O'zbek

«Liverpul» 80 million yevrolik tovon puli belgilangan yarimhimoyachiga qiziqmoqda

Futbol
18 oktabr, 06:41
Feliks Nmecha mersisaydliklar uchun muqobil variant hisoblanadi.
«Liverpul» 80 million yevrolik tovon puli belgilangan yarimhimoyachiga qiziqmoqda
Foto: Getty Images

Germaniya milliy jamoasi va Dortmundning «Borussiya» klubi yarimhimoyachisi Feliks Nmecha Angliya Premyer-ligasining top-klublaridan biriga o‘tishi mumkin. Jurnalist Ekrem Konur ma’lumotiga ko‘ra, «Liverpul» 26 yoshli futbolchini transfer maqsadlari ro‘yxatiga kiritgan.

Manbaning yozishicha, mersisaydliklar «Bornmut» yarimhimoyachisi Aleks Skottni sotib olishning uddasidan chiqa olmasa, Nmecha nomzodiga murojaat qilishi mumkin.

Nmechaning «Borussiya» bilan amaldagi shartnomasida 80 million yevro miqdoridagi tovon puli belgilangan. Ushbu band iyun oyi oxirigacha amal qiladi. Futbolchining klub bilan shartnomasi esa 2030-yil iyun oyi oxirigacha mo‘ljallangan.

Ma’lumot uchun, Nmecha ushbu mavsum Germaniya Bundesligasida oltita bahsda maydonga tushib, ikkita gol urgan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Liverpul Liverpul
  • Borussiya D Borussiya D
Bugungi yangiliklar