Germaniya chempionatining 6-turida «Borussiya D» mehmonda «Yunion Berlin» bilan bellashdi. Unda hisob ochilmadi.
Har ikki jamoada gol urish uchun bir qator vaziyatlar bo‘ldi, lekin jamoalar o‘z imkoniyatlaridan foydalana olishmadi.
Bu natijadan so‘ng Kovach jamoasi 14 ochko bilan turnir jadvalida 2-o‘rinda bormoqda. «Yunion Berlin» esa 5 ochko to‘plab, 16-pog‘onada.
Bundesliga. 6-tur
Yunion Berlin — Borussiya D
Yunion Berlin – Ryonnov, Xaberer (Trimmel, 76), van Den Bos, Uduxay, Tom, Imeri, Shefer (Kemlayn, 76), Hedira, Chon, Ebisher, Skarke (Grey, 70).
Borussiya D – Kobel, Gadu, Anton, Shlotterbek, Nmecha, Ryerson, Svensson, Bellingem, Bayer (Karetsas, 62, Matis, 70), Nvaneri (Fabiu Silva, 62), Girassi.
Ogohlantirishlar: Xaberer 33, Tom 35, Skarke 63 – Nvaneri 1, Anton 7, Girassi 41.