Live
2
O'zbek

Rasman: «Borussiya D» Kovach bilan shartnomani 2029-yilgacha uzaytirdi

Futbol
13 oktabr, 06:30
    1
Dortmundliklar bosh murabbiy va uning yordamchilari bilan yangi kelishuvga erishdi.
Rasman: «Borussiya D» Kovach bilan shartnomani 2029-yilgacha uzaytirdi
Foto: Getty Images

Dortmundning «Borussiya» klubi bosh murabbiy Niko Kovach bilan shartnomani uzaytirdi. Bu haqda jamoa matbuot xizmati rasman xabar berdi.

Yangi kelishuvga ko‘ra, 54 yoshli mutaxassis «arilar» boshqaruvida 2029-yil yozigacha qoladi. Shuningdek, Kovachning yordamchilari ham Germaniya klubi bilan yangi shartnomalar imzoladi. Xorvatiyalik murabbiy 2025-yil yanvaridan buyon dortmundliklarga ustozlik qilib kelmoqda.

Ma’lumot uchun, Germaniya chempionatining besh turidan so‘ng «Borussiya» 13 ochko bilan turnir jadvalida ikkinchi o‘rinda bormoqda.

Eslatib o‘tamiz, Kovach shogirdlari navbatdagi bahsni 17-oktyabr kuni safarda Berlinning «Union» klubiga qarshi o‘tkazadi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Borussiya D Borussiya D
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

1 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar