Germaniya Bundesligasining 5-turida «Borussiya D» va «Verder» jamoalari o‘zaro bellashdi. Unda 2:2 hisobi qayd etildi.
Bellashuvda dastlabki gol 80-daqiqada Svensson tomonidan urildi. Oradan 5 daqiqa o‘tib, Shlotterbek ikkinchi golni urishga muvaffaq bo‘ldi. 88-daqiqada Reys farqni qisqartirdi. 90+2-daqiqada Fyullkrug bremenliklarni mag‘lubiyatdan saqlab qoldi.
Shu tariqa, «Borussiya D» 13 ochko bilan turnir jadvalida peshqadamligini davom ettirmoqda. «Verder» esa 8 ochko bilan 4-o‘rinda bormoqda.
Bundesliga. 5-tur
«Borussiya D» – «Verder» 2:2
Gollar: Svensson 80, Shlotterbek 85 – Reys 88, Fyullkrug 90+2
«Borussiya D» – Kobel, Gadu, Anton, Shlotterbek, Svensson, Nmecha, Zabitser (Karetsas, 72), Bellinghem (Veerman, 72), Nvaneri (Fabio Silva, 63), Bayer, Girassi.
«Verder» – Yakob, Artur (Stalmah, 65), Piper (Vuychik, 19), Fridl, Deman, Reys, Reger (Vayzer, 65), Chuki, Dinkchi, Fyullkrug, Gryull.
Telegram’da birinchi bo‘lib fikr bildiring
Muhokamaga o‘tishIzohlar Telegram’da ochiladi