«Manchester Yunayted», «Liverpul» va «Arsenal» Dortmundning «Borussiya» klubi markaziy himoyachisi Joan Gaduni xarid qilish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda Bild xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, «Borussiya» 19 yoshli futbolchini qishki transfer oynasida 80 million yevrodan kamiga sotmoqchi emas.
Fransiyalik himoyachi o‘tgan yozda «Zalsburg»dan Dortmund klubiga o‘tgan va asosiy tarkib futbolchisiga aylangan. U ushbu mavsumda barcha musobaqalarda 17 ta bahsda maydonga tushib, bitta golli uzatmani amalga oshirgan.
Gaduning klub bilan amaldagi shartnomasi 2031 yil yozigacha mo‘ljallangan. Transfermarkt portali futbolchining bozor qiymatini 28 million yevroga baholamoqda.