Live
4
O'zbek

«Arsenal» Niko Pas transferi uchun kurashga qo‘shilmoqchi

Futbol
27 noyabr, 13:40
London klubi argentinalik futbolchining atrofidagilar bilan allaqachon aloqaga chiqqan.
«Arsenal» Niko Pas transferi uchun kurashga qo‘shilmoqchi
Foto: Getty Images

Yozgi transfer oynasida «Komo» yarimhimoyachisi Niko Pas uchun bir nechta klub o‘rtasida jiddiy raqobat yuzaga kelishi kutilmoqda. «Arsenal» ham argentinalik futbolchini o‘z safiga qo‘shib olishni maqsad qilgan. Bu haqda The Touchline ESPN Argentina’ga tayanib xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, London klubi ma’lum vaqtdan beri 22 yoshli futbolchining atrofidagilar bilan aloqada bo‘lib kelmoqda.

«Real»da Pasni qayta sotib olish huquqi mavjud. Biroq futbolchining o‘zi Madridga qaytishga unchalik qiziqmayapti. U «Real»da yetarlicha o‘yin amaliyotiga ega bo‘lmasligidan xavotirda.

Ma’lumot uchun, Transfermarkt portali Niko Pasning bozor qiymatini 80 million yevroga baholamoqda.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Arsenal Arsenal
  • Real Madrid Real Madrid
  • Komo Komo
Bugungi yangiliklar