Live
5
O'zbek

JCH U17. Jazoir va Chili pley-offga yo‘l oldi

Futbol
27 noyabr, 12:22
    83
Har ikki jamoa 3-turda minimal hisobda g‘alaba qozonib, 6 ochko jamg‘ardi.
JCH U17. Jazoir va Chili pley-offga yo‘l oldi
Foto: Getty Images
27.11.2026 FT U-17 Jahon chempionati Jazoir (U17) Jazoir (U17) 1 : 0 Dominican Republic U17 Dominican Republic U17

Qatarda o‘tkazilayotgan U17 Jahon chempionatining guruh bosqichi 3-turida «J» guruhi bahslari yakunlandi.

Jazoir o‘smirlar jamoasi Dominikan Respublikasi ustidan 1:0 hisobida g‘alaba qozondi. Ushbu natija afrikaliklarga 6 ochko bilan guruhda birinchi o‘rinni egallash va 1/16 finalga yo‘l olish imkonini berdi.

Ikkinchi bahsda esa Chili Chernogoriyani 1:0 hisobida mag‘lub etdi. Shu tariqa, chililiklar ham 6 ochko jamg‘arib, to‘plar nisbatiga ko‘ra guruhda ikkinchi o‘rinni egalladi va keyingi bosqichga yo‘l oldi.

Uchinchi tur yakunlariga ko‘ra, Jazoir va Chili 6 ochkodan to‘pladi. Dominikan Respublikasi 4 ochko bilan uchinchi, Chernogoriya esa 1 ochko bilan to‘rtinchi o‘rinni egalladi.

JCH U17. 3-tur
Jazoir — Dominikan Respublikasi 1:0
Gol: Yasin Abed 27.

Chernogoriya U-17 — Chili U-17 0:1
Gol: Ezikel Labo 60.

Uchinchi tur yakunlariga ko‘ra, Jazoir va Chili 6 ochkodan to‘pladi. Dominikan Respublikasi 4 ochko bilan uchinchi, Chernogoriya esa 1 ochko bilan to‘rtinchi o‘rinni egalladi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Jazoir (U17) Jazoir (U17)
  • Dominican Republic U17 Dominican Republic U17
  • U-17 Jahon chempionati U-17 Jahon chempionati
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

83 izoh +1 ta yangi
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar