Live
8
O'zbek

U17 JCh. O‘zbekiston o‘smirlar jamoasi Italiyaga mag‘lub bo‘ldi

Futbol
26 noyabr, 10:57
    64
Chigodayev boshqaruvidagi o‘smirlar jamoasi 3 ochko bilan 3-o‘rindan joy oldi.
U17 JCh. O‘zbekiston o‘smirlar jamoasi Italiyaga mag‘lub bo‘ldi
Фото: ЎФА
26.11.2026 FT U-17 Jahon chempionati O‘zbekiston (U17) O‘zbekiston (U17) 1 : 3 Italiya (U17) Italiya (U17)

Qatar maydonlarida U17 jahon chempionatining guruh bosqichi 3-tur bahslari davom etmoqda. Sergey Chigodayev boshqaruvidagi O‘zbekiston o‘smirlar jamoasi Italiyaga qarshi maydonga tushdi. Unda yevropaliklar 3:1 hisobida g‘alaba qozondi. O‘smirlar jamoasi safidagi yagona gol Suhrob Sadirjonov hisobiga yozildi.

Bu natijadan so‘ng Italiya ochkolari sonini 9 taga yetkazib, E guruhini peshqadam sifatida yakunladi. Kot-d’Ivuar Yamaykadan ustun kelib, 2-o‘rinni egalladi. Chigodayev boshqaruvidagi o‘smirlar jamoasi 3 ochko bilan 3-o‘rindan joy olib, pley-offda ishtirok etish huquqini saqlab qoldi.

JCh U17. 3-tur
O‘zbekiston — Italiya 1:3
Gollar:
Sadirjonov 75 – Casagrande 7, Croci 31 penalti, Corigliano 45+2
O‘zbekiston: Shomurodov, Rahimov (O‘ktamov, 73), Ro‘ziboyev, Erkinov, Ravshanov, Aliyev, Murodov (Tohirov, 46), Sadirjonov (Orifxonov, 80), Anvarov, O‘ktamboyev, Abduraiymov (Ravshanbekov, 46).
Ogohlantirishlar: Anvarov 35, Aliyev 37, Rahimov 53, Tohirov 77.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • O‘zbekiston (U17) O‘zbekiston (U17)
  • Italiya (U17) Italiya (U17)
  • U-17 Jahon chempionati U-17 Jahon chempionati
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

64 izoh +4 ta yangi
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar