Live
6
O'zbek

CIES reytingi: O‘zbekiston U23 futbolchilari jahonda 47-o‘rinda

Futbol
26 noyabr, 08:45
    12
Yosh futbolchilar saviyasi bo‘yicha Ispaniya yetakchilik qilmoqda. Fransiya va Angliya kuchli uchlikdan joy olgan.
CIES reytingi: O‘zbekiston U23 futbolchilari jahonda 47-o‘rinda
Foto: O'FA

Xalqaro sport tadqiqotlari markazi (CIES) 23 yoshdan oshmagan futbolchilari saviyasi bo‘yicha milliy jamoalar reytingini tuzdi. Unda O‘zbekiston 66,3 ball bilan 47-o‘rinni egalladi.

Reyting mamlakatning 23 yoshdan oshmagan eng yaxshi 20 nafar futbolchisi o‘rtacha ko‘rsatkichlari asosida shakllantirilgan. CIES futbolchilar saviyasini so‘nggi bir yil davomida kattalar darajasidagi rasmiy bahslarda o‘tkazgan daqiqalari hamda ushbu musobaqalarning sport darajasini hisobga olgan holda baholagan.

Reytingda Ispaniya 84,2 ball bilan birinchi o‘rinni egalladi. Fransiya 81 ball bilan ikkinchi, Angliya esa 80,9 ball bilan uchinchi bo‘ldi. Kuchli o‘nlikdan, shuningdek, Argentina, Italiya, Braziliya, Germaniya, Belgiya, Portugaliya va Niderlandiya joy oldi.

Kuchli 10 talik:

  1. Ispaniya — 84,2 ball;
  2. Fransiya — 81,0 ball;
  3. Angliya — 80,9 ball;
  4. Argentina — 80,2 ball;
  5. Italiya — 79,9 ball;
  6. Braziliya — 79,1 ball;
  7. Germaniya — 79,0 ball;
  8. Belgiya — 78,7 ball;
  9. Portugaliya — 78,2 ball;
  10. Niderlandiya — 77,4 ball.

Ispaniya yosh futbolchilari orasida eng yuqori individual ko‘rsatkich Lamin Yamalga tegishli — 97,4 ball. Katta yoshdagi milliy jamoada hali maydonga tushmagan futbolchilar orasida esa ispaniyalik Xakobo Ramon 83,6 ball bilan qayd etilgan.

Rossiya 70,4 ball bilan 29-o‘rinni, Ukraina 70,6 ball bilan 27-pog‘onani egalladi. O‘zbekiston esa 66,3 ball bilan 47-o‘rindan joy oldi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • O‘zbekiston U23 O‘zbekiston U23
  • Ispaniya U23 Ispaniya U23
  • Fransiya U23 Fransiya U23
  • Angliya (21 yoshgacha) Angliya (21 yoshgacha)
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

12 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar