APL hakamlari «Manchester Yunayted» himoyachisi Leni Yoroga ko‘rsatilgan qizil kartochkaning bekor qilinishidan norozi. Bu haqda Daily Mail xabar bermoqda.
21 yoshli fransiyalik futbolchi «Liverpul»ga qarshi bahsning 8-daqiqasida Aleksandr Isakning darvozabon bilan yakkama-yakka vaziyatga chiqishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun qoida buzgan va to‘g‘ridan to‘g‘ri qizil kartochka olgandi. «Manchester Yunayted» ushbu qaror ustidan apellyatsiya berdi. Angliya futbol assotsiatsiyasi (FA) murojaatni qanoatlantirib, himoyachining chetlatilishini bekor qildi.
Shunga qaramay, APL va liga hakamlari dastlabki qarorni to‘g‘ri deb hisoblamoqda. Ular qizil kartochkaning nima sababdan bekor qilinganiga izoh olishni istamoqda. Hakamlar mazkur qarordan «hayratda va norozi» ekani ta’kidlangan.
Qayd etilishicha, APLning muhim o‘yin vaziyatlarini baholash komissiyasi (KMI) hakam Sem Barrottning Yoroni maydondan chetlatish haqidagi qarorini bir ovozdan qo‘llab-quvvatlagan. Komissiya VAR tizimining vaziyatga aralashmaslik qarorini ham ma’qullagan.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi