Live
3
O'zbek

Alonso «Chelsi»da hujumkor futbol uslubini joriy qilmoqchi

Futbol
26 noyabr, 07:20
Ispaniyalik mutaxassis to‘p nazoratiga asoslangan o‘yin o‘rniga muvozanatli va hujumkor futbolni afzal ko‘rmoqda.
Alonso «Chelsi»da hujumkor futbol uslubini joriy qilmoqchi
Foto: Getty Images
27.11.2026, 15:00 Angliya Premer-ligasi Nottingem F Nottingem F - : - Chelsi Chelsi

Xabi Alonso «Chelsi»da jamoaning avvalgi hujumkor o‘yin uslubini qayta tiklamoqchi.

The Telegraph nashri xabariga ko‘ra, London klubi bosh murabbiyi Enso Mareska va Mauritsio Sarri kabi to‘p nazoratiga asoslangan futbol o‘ynash niyatida emas. U muvozanatliroq va hujumkorroq uslubni joriy etishni rejalashtirmoqda. Alonso «Liverpul» safida to‘p tepgan davridagi «Chelsi»ga o‘xshash futbolni shakllantirmoqchi.

Ispaniyalik mutaxassis jamoasidan raqibdan to‘pni xavfli hududlarda olib qo‘yish va tezkor hujumga o‘tish bosqichlarida vaziyatlarni keskinlashtirishni talab qilmoqda. Bunda to‘pni uzoq vaqt nazorat qilish va o‘yin sur’atini pasaytirishdan voz kechish ko‘zda tutilgan.

Qayd etilishicha, «Chelsi» rahbariyati hamon Alonsoga ishonch bildirmoqda. Klubda murabbiy vaqt o‘tishi bilan o‘z g‘oyalarini amalga oshirib, barqaror natijalarga erishishiga ishonishmoqda.

Ma’lumot uchun, «Chelsi» APLning 11-turidan so‘ng 16 ochko bilan turnir jadvalining 8-pog‘onasida bormoqda. Londonliklar barcha musobaqalardagi so‘nggi 5 ta bahsda bor-yo‘g‘i 1 marta g‘alaba qozongan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Nottingem F Nottingem F
  • Chelsi Chelsi
  • Angliya Premer-ligasi Angliya Premer-ligasi
Bugungi yangiliklar