«Liverpul»ning sobiq himoyachisi Jeymi Karrager «Chelsi» qishki transfer oynasida markaziy himoyachi xarid qilishi kerak, deb hisoblamoqda. Mutaxassis Levi Kolvill va Uesli Fofanadan iborat himoya chizig‘ini tanqid qildi.
«Chelsi»ning markaziy himoyasida jiddiy muammo bor. Agar klub yanvar oyida bu vaziyatni to‘g‘rilamasa, mavsum oldiga qo‘yilgan maqsadlarga erishishi, xususan, Chempionlar ligasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritishi qiyin bo‘ladi», — dedi Karrager Sky Sports efirida.
Ma’lumot uchun, «ko‘klar» Angliya Premyer-ligasida 16 ochko bilan 8-o‘rinda bormoqda. London klubi 11 ta turda o‘z darvozasidan 20 ta gol o‘tkazib yuborgan.