«Chelsi» bosh murabbiyi Xabi Alonso «Barselona» himoyachisi Jyul Kunde bilan shartnoma imzolashni rejalashtirmoqda. Bu haqda El Nacional nashri xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, London klubi himoyachi Marko Palestra bilan xayrlashishga tayyor. Italiyalik futbolchini A Seriyaga qaytarishdan «Yuventus», «Milan» va «Napoli» manfaatdor.
Alonso Kunde transferini yanvar oyidayoq amalga oshirishni ko‘zlamoqda. Fransiyalik himoyachini sotib olish uchun «Chelsi» Palestraga jamoadan ketishiga ruxsat berishi mumkin. Futbolchi esa faoliyatini Italiyada davom ettirishi ehtimoldan xoli emas.
21 yoshli Palestra o‘tgan yozda «Atalanta»dan taxminan 60 million yevro evaziga «Chelsi»ga ko‘chib o‘tgan edi. Marko o‘tgan mavsumni «Kalyari» safida ijara asosida o‘tkazib, A Seriyaning eng yaxshi himoyachisi deb topilgan.
Palestra bu mavsumda London klubi safida oltita uchrashuvda ishtirok etib, jami 202 daqiqa maydonda harakat qildi.