Live
5
O'zbek

Liga 1. «Parij» autsayder «Anje»ni tor-mor etib, 2-o‘ringa ko‘tarildi

Futbol
22 noyabr, 14:41
Poytaxtliklar hamshaharlaridan 3 ochko ortda qolmoqda.
Liga 1. «Parij» autsayder «Anje»ni tor-mor etib, 2-o‘ringa ko‘tarildi
Фото: Getty Images
22.11.2026 FT Liga 1 Fransiya Paris FC Paris FC 4 : 0 Angers Angers

Fransiya chempionatining 11-turida «Parij» o‘z maydonida «Anje»ni qabul qilib, 4:0 hisobida g‘alaba qozondi.

Birinchi bo‘limda darvozalar ishg‘ol etilmadi. Dastlabki gol 47-daqiqada Zabi Gueu hisobiga yozildi. Oradan ko‘p o‘tmay, 55-daqiqada Luka Koleosho jamoasining ustunligini mustahkamladi.

65-daqiqada Maksim Lopes hisobni yirik ko‘rinishga keltirgan bo‘lsa, yana yetti daqiqa o‘tib Diego Koppola «Parij»ning to‘rtinchi golini urdi.

Bu g‘alabadan so‘ng poytaxtliklar 23 ochko bilan 2-o‘ringa ko‘tarildi. «Anje» esa 8 ochko bilan 17-pog‘onada.

Fransiya chempionati. 11-tur
Parij — Anje 4:0
Gollar:
Gueu 47, Koleosho 55, Maksim Lopes 65, Koppola 72.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Paris FC Paris FC
  • Angers Angers
  • Liga 1 Fransiya Liga 1 Fransiya
Yangi muhokama

Telegram’da birinchi bo‘lib fikr bildiring

Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar