Live
5
O'zbek

«MYU»ning APLdagi g‘alabasiz seriyasi 9 ta o‘yinga yetdi

Futbol
22 noyabr, 14:31
«Qizil iblislar» juda qiyin ahvolda qolgan.
«MYU»ning APLdagi g‘alabasiz seriyasi 9 ta o‘yinga yetdi
Фото: Getty Images
22.11.2026 FT Angliya Premer-ligasi Liverpul Liverpul 4 : 0 Manchester Yunayted Manchester Yunayted

«Manchester Yunayted» Angliya Premyer-ligasining 11-turida «Liverpul»ga 0:4 hisobida mag‘lub bo‘ldi.

Shu tariqa, «qizil iblislar»ning ichki chempionat doirasidagi g‘alabasiz seriyasi to‘qqizta uchrashuvga yetdi.

Ushbu salbiy seriya davomida mankunianliklar quyidagi natijalarni qayd etishdi: «Everton» — 2:2; «Manchester Siti» — 0:1; «Fulhem» — 1:1; «Tottenhem» — 1:1; «Lids» — 1:1; «Bornmut» — 0:3; «Chelsi» — 0:2; «Aston Villa» — 4:4; «Liverpul» — 0:4.

Keyingi turda «Manchester Yunayted» 28-noyabr kuni o‘z maydonida «Brentford»ni qabul qiladi.

Hozirda jamoa 11 ta uchrashuvdan keyin sakkiz ochko bilan Angliya chempionati turnir jadvalining 19-o‘rnida bormoqda.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Liverpul Liverpul
  • Manchester Yunayted Manchester Yunayted
  • Angliya Premer-ligasi Angliya Premer-ligasi
Bugungi yangiliklar