«Manchester Yunayted»ning sobiq yarimhimoyachisi Roy Kin jamoaning «Liverpul»ga (0:4) qarshi o‘yindagi mag‘lubiyati uchun keskin tanqid qildi.
Eslatib o‘tamiz, «Enfild»dagi bellashuvning 8-daqiqasidan boshlab «qizil iblislar» maydonda bir kishi kam bo‘lib harakat qildi.
«Menimcha, jamoa mutlaqo chorasiz, juda yomon ko‘rindi. Nevill 0:4 hisobidagi mag‘lubiyatni oddiy holat deb hisoblayaptimi? Nima, ular bundan yaxshiroq o‘ynay olmasmidi? O‘n kishi bo‘lib 0:4 hisobida yutqazish unchalik yomon emas demoqchimisiz? Kamchilikda qolib ham natijaga erishgan jamoalar bo‘lmaganmi? Buning imkoni bor.
Muxlislar futbolchilarni qarsaklar bilan kuzatishyapti. Ammo nima uchun? Jirkanch o‘yin uchunmi? Rostini aytsam, so‘kinishni istab ketyapman», — deya Kinning so‘zlarini keltiradi CentreGoals.
Eslatib o‘tamiz, «Manchester Yunayted» Angliya Premyer-ligasining 11-turidan keyin 8 ochko bilan turnir jadvalining 19-pog‘onasini egallab turibdi.