«Manchester Yunayted» bu mavsumda Yevropaning top-5 chempionatida ishtirok etayotgan klublar orasida eng ko‘p gol o‘tkazib yuborgan jamoaga aylandi.
Маurisio Pochettino boshqaruvidagi mankunianliklar Angliya Premyer-ligasining 11-turida safarda «Liverpul»ga 0:4 hisobida mag‘lub bo‘ldi.
Shu tariqa, «qizil iblislar» bu mavsumda barcha musobaqalarda o‘z darvozasidan 34 ta gol o‘tkazib yubordi. Bu ko‘rsatkich bo‘yicha keyingi o‘rinlarda Angliyaning «Kristal Pelas» va Germaniyaning «Union» klublari bormoqda — har ikkala jamoa 33 tadan gol o‘tkazib yuborgan.
Italiyaning «Sassuolo» va Fransiyaning «Lens» jamoalari hisobida esa 32 tadan o‘tkazib yuborilgan gol bor.
Ma’lumot uchun, Angliya Premyer-ligasining 11 turidan keyin «Manchester Yunayted» sakkiz ochko jamg‘argan holda turnir jadvalining 19-pog‘onasiga tushib qoldi.