«Manchester Siti» hujumchisi Erling Holand Angliya Premyer-ligasining 11-turi doirasida «Fulhem»ga qarshi kechgan bahsdan (1:1) keyin X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida muxlislarga murojaat qildi.
Ushbu natija «shaharliklar» uchun chempionatdagi ketma-ket 4 ta bahsda g‘alaba qozona olmaganini anglatdi. «Fulhem» bilan bellashuvga qadar Enso Mareska shogirdlari ketma-ket 3 ta mag‘lubiyat qayd etgandi.
«Kecha yetarlicha yaxshi o‘ynay olmadik. Endi muhim haftaga e’tibor qaratish vaqti keldi. Bizni qo‘llab-quvvatlashda davom etayotganingiz uchun rahmat», — deb yozdi Holand.
Ma’lumot uchun, «Manchester Siti» Angliya chempionatining 11 turidan keyin 22 ochko bilan turnir jadvalida 3-o‘rinda bormoqda.
Eslatib o‘tamiz, «Manchester Siti» 12-turda 29-noyabr kuni «Arsenal»ga qarshi maydonga tushadi.