Live
11
O'zbek

Emiliano Karas: «Al Ittihodga qarshi bahs safimizdagi yosh futbolchilar uchun jiddiy sinovga aylanadi»

Futbol
22 noyabr, 11:27
«Paxtakor» ustozi matbuot anjumanida ishtirok etdi.
Emiliano Karas: «Al Ittihodga qarshi bahs safimizdagi yosh futbolchilar uchun jiddiy sinovga aylanadi»
Фото: Пахтакор ПФК
23.11.2026, 13:15 Osiyo Chempionlar Ligasi Al-Ittihad Al-Ittihad - : - Paxtakor Toshkent Paxtakor Toshkent

Elit OCHL 5-turidan o‘rin olgan «Al Ittihod» - «Paxtakor» uchrashuvi oldidan mehmonlar bosh murabbiyi Emiliano Karas va Ibrohim Ibrohimov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

— Jiddaga qaytganimizdan xursandmiz. Raqibimiz juda kuchli jamoa. Tarkibida individual mahorati yuqori futbolchilar jamlangan. Jamoaviy o‘yini ham shakllangan. Hujumkor futbol ko‘rsatishga intiladigan, oldinga borishni yoqtiradigan jamoa.

Tarkibimizda bir nechta yo‘qotishlar bor. Shunga qaramay, jamoaviy jipslashgan holda bor kuchimiz bilan qarshilik ko‘rsatishga urinib ko‘ramiz. Safimizdagi yosh futbolchilar uchun bu jiddiy sinovga aylanadi. Ular nimalar ustida ishlash kerakligini bilib olishadi. Ularga bo‘sh hudud qoldirmaslikka harakat qilamiz.

Ibrohimov: «Ittihod»ning kuchli jamoa ekanini bilamiz. Ularni jiddiy o‘rgandik, yaxshi tayyorgarlik ko‘rdik. Bir nechta futbolchi bu yerga kela olmadi. Ularning yo‘qligini bildirmaslikka intilamiz. Maydonga chiqib, eng yaxshi jihatlarimizni ko‘rsatishga urinib ko‘ramiz. Toshkentga g‘alaba bilan qaytishni niyat qilganmiz. Stadionga ko‘p muxlislar kelishi bosim qilmaydi. Maydonga chiqqanimizdan so‘ng e’tiborimiz o‘yinning o‘ziga qaratiladi», - deya Ibrohimovning so‘zlaridan keltiradi «Paxtakor» matbuot xizmati.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Al-Ittihad Al-Ittihad
  • Paxtakor Toshkent Paxtakor Toshkent
  • Osiyo Chempionlar Ligasi Osiyo Chempionlar Ligasi
Bugungi yangiliklar